Brext Bertolt
BREXT (Brecht) Bertolt (1898.10.2, Augsburg — 1956.14.8, Berlin) — nemis yozuvchisi, rejissyor. 1933—47 yillarda muhojirlikda. "Berliner ansambl" teatriga asos solgan (1949). Falsafiysatirik pyesalari zamonaviy, tarixiy va mifologik mavzularda yozilgan. "Uch pullik opera" (1928-yilda sahnalashtirilgan, 1931-yilda chop etilgan), "Kuraj ona va uning bolalari" (1939-yilda yozilgan, 1941-yilda nashr etilgan), "Galiley hayoti" (1938—39 yillarda yozilgan, 1955-yilda nashr etilgan), "Sezuanlik saxiy odam" (1938— 40 yillarda yozilgan, 1943-yilda nashr etilgan) va boshqa asarlarida zamonaviy dolzarb muammolar insonparvarlik, antifashistik ruhsa oʻrtaga tashlangan. B.ning teatr nazariyasiga oid ishlari ("Hozirgi zamon teatri yoʻlida", "Teatrda dialektika" va boshqalar) 20-asr Yevropa teatrshunosligiga taʼsir etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |