British American Tobacco (talaffuzi: British Ameriken Tobakko) – Buyuk Britaniya va dunyodagi eng yirik tamaki monopoliyasi. 1902-yilda tashkil etilgan. „British American Tobacco“ Buyuk Britaniya va AQSh kapitali qoʻyilgan monopolistik birlashma boʻlib, asosan tamaki mahsulotlari, shuningdek oziq-ovqat va kosmetika mollari, qogʻozkarton va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Boshqa mamlakatlarda ham sanoat korxonalari, shu jumladan 67 ta tamaki fabrikasi mavjud. Bu fabrikalarda 240 turdagi sigaretalar ishlab chiqariladi. Kompaniya Yevropa va Oʻrta Osiyoda keng koʻlamda faoliyat yuritadi. Jumladan, kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik oʻrnatib, „OʻzBAT aksiyadorlik jamiyati“ qoʻshma korxonasini (Samarqand tamaki fabrikasi bilan birgalikda) tuzdi (1994). U yiliga 20 mlrd. dona sigareta ishlab chiqarish quvvatiga ega. Qoʻshma korxonaning qurilish va jihozlanish ishlari uchun 100 mln. dollar investitsiya jalb etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil