Edward Benjamin Britten (22-noyabr 1913-yil, Loustoft, Angliya — 4-dekabr 1976-yil, Oldboro) — ingliz bastakori, pianinochi va dirijyor. Britten musiqaning deyarli barcha janrlarida yetuk asarlar qoldirgan: 20 ga yaqin musiqiy-sahnaviy merosidan „Peter Grimes“ (1945), „A Midsummer Nightʼs Dream“ („Yoz tunidagi tush“) (1960) kabi operalari dunyo teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitor bir nechta asarini maʼrifiy-targʻibiy maqsadda yaratgan. Anʼanaviy lotin matni va Wilfred Owen sheʼrlariga yaratilgan „War Requiem“ („Harbiy rekviyem“) (1961) 20-asrning ibratli asarlari qatoridan oʻrin egallagan.

Benjamin Britten
Tavalludi 22-noyabr 1913
Vafoti 4-dekabr 1976[1]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Otasi Robert Victor Britten
Onasi Edith Rhoda Hockey
Benjamin Britten, 1968

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil