Brno- chex. Brno [ˈbr̩no], oldingi nomi nemischa: Brünn — Bryun) — Chexiya Respublikasi janubidagi shahar.

Brno

Brno — Chexiyadagi shahar, Janubiy Moraviya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 398 ming kishidan ziyod (1990ylar urtalari). Transport yoʻllari tuguni. B.da, asosan, mashinasozlik sanoati rivojlangan. B. Chexiyaning yirik ilmiy va madaniy markazlaridan. Chexiya Fanlar akademiyasi filiali, unt, muzeylar (sanʼat, Moraviya muzeyi) va boshqa bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Shpilberk kasri (13— 18-asrlar), Gotika cherkovi, Eski ratusha (14—16-asrlar), Yangi ratusha (16— 18alar) saqlangan. Oʻrmon parklari koʻp. 1805-yilda B.yonida Fransiya armiyasi bilan Rossiya va Avstriya qoʻshinlari oʻrtasida kattajang boʻlgan. Shaharga 11-asrda asos solingan.[1]

Kattaligi bo'yicha Chexiyada ikkinchi yirik shahar. Aholisi: 405,4 ming kishi. Maydoni: 230 km².

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil