Bronetransportyor — zirhli jangovar mashina. Pulemyot, toʻp va boshqa qurollar bilan qurollantiriladi. Motooʻqchi boʻlinmalar (20 kishigacha)ni tashish, ogʻir qurol-yarogʻlarni tirkash va razvedka ishlarida qoʻllanadi. Bronetransportyorning gʻildirakli, yarim oʻrmalovchi, oʻrmalovchi (gusenitsali), ochiq va yopiq turlari bor. Suvdan suzib oʻta oladi. Bronetransportyor devorlarida oʻq otish uchun moʻljallangan maxsus teshik (shinaklar) bor. Bronetransportyor minorali va minorasiz boʻlishi mumkin.

Sovet gusenitsali suzuvchi bronetransporteri. (BTR-50).
Nemis bronetransporteri TPz 1 Fuchs («Fuks»).
Fransuz bronetransporteri VAB.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil