Bronxoadenit
Bronxoadenit (bronx va yunoncha Aden — bez) — bronxlar (traxeya atrofida, koʻks oraligʻining orqa va oldida joylashgan) limfa tugunlarining yalligʻlanishi. Koʻproq sil kasalligida, zotiljam, bronxit, bronxopnevmoniya, nafas yoʻllarining yalligʻlanishi bilan kechadigan koʻkyoʻtaya, qizamiq va boshqalarda uchraydi. Bronxoadenitda kuraklararo boʻshliq ogʻriydi, bemorni asosan ogʻriqli yoʻtal bezovta qiladi. Limfa bezlari kattalashadi. Sil bronxoadenitida limfa tugunlari kattalashib, uning toʻqimasi ham nobud boʻladi va suzmasimon yiringga aylanadi. Boshqa kasalliklarda bemor asosiy kasallikdan tuzalishi bilan limfa tugunlari deyarli asliga qaytadi. Bronxoadenitni asosan rentgen qilib (rentgenoskopiya, rentgenografiya, flyuorografiya) aniqlanadi. Sil bronxoadenit i bilan ogʻrigan bemor maxsus sil kasalxonalarida davolanadi. Organizmning umumiy quvvatini oshiruvchi dorilar, silga qarshi davo buyuriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |