Bronxostenoz — bronx devorining torayishi; bronx yoʻlidagi patologik oʻzgarishlar yoki uning teshigiga yot jismlarning tushishi, shuningdek oʻsmalar paydo boʻlishi natijasida vujudga keladi. Bronx operatsiyalaridan keyin ham bronxostenoz kuzatilishi mumkin. Bronxostenoz organik oʻzgarishlar tufayli roʻy beradi, shu sababli uni bronxospazmdan farq qilinadi. Bronxostenozni bronxoskopiya va bronxografiya qilib aniqlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil