Bronza qoʻngʻizlari
BRONZA QOʻNGʻIZLARI, tilla qoʻngʻizlar (Cetoniini) — plastinka moʻylovli qoʻngʻizlar oilasining kenja oilasi. Uzunligi 1—10 sm. Ustki qanotlari metall tusda tovlanib turganidan tilla qoʻngʻizlar deb ham ataladi. Ustki qanotlarining ikki yonida tirqishlari boʻladi. Bronza qoʻngʻizlari uchganida ostki qanotlari ana shu tirqishdan chiqib yoyiladi, ustki qanotlari yoyilmasdan qorni ustida taxlanib turadi. 2700 dan ortiq turi bor, koʻpchiligi tropik mintaqalarda tarqalgan, ayniqsa tropik Afrikada (mas, goliflar) va Janubiy Osiyoda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda 12 turi tarqalgan. Togʻli hududlarda yashil bronza qoʻngʻizi (Netocia marginicollis) va paxmoq bronza qoʻngʻizi yoki olenka (Epicometis turanica) bir tomondan oʻsimliklarning gulini yeb birmuncha ziyon keltirsa, ikkinchi tomondan gullarni changlatib foyda keltiradi. Bronza qoʻngʻizlari ning Ssimon qurtlari chiriyotgan yogʻochlar, kompostlar, oʻrmon toʻshalmasida, ayrim turlari chumolilar va kemiruvchilar inida rivojlanadi. Ayrim Bronza qoʻngʻizlari, mas, olenka ekinlarga ziyon keltiradi.
Bronza qoʻngʻizlari | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
@a_ishem bu telegram kanalm
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
yashil bronza qongizi yashash muhiti bahor va yoz oylarida dalalarda gullarning ustida yirik [uzunligi 1-2sm ] yashil qongizlarni korish mumkin qongiz tanasining ustki tomoni yaltiroq yashil qorin tomoni esa qizgish tusda boladi bronza qongizi yevropa va osiyo qitʼasining deyarli hamma joyida uchraydi qongizni qolga olib korilganda uning xitin qobigi qalin va qattiq ekanligini sezish mumkin