Brooke Smith
Brooke Smith (talaffuzi: Brooke Smiz; 1984-yil 30-aprelda tugʻilgan) — WNBAda faoliyat olib borgan professional basketbolchi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||||
---|---|---|---|---|---|
Tavalludi |
30-aprel 1984-yil San Anselmo, California | ||||
Millati | Amerikalik | ||||
Boʻyi | 6 ft 3 in (1.91 m) | ||||
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar | |||||
Maktab | Marin Catholic (Kentfield, California) | ||||
Kollej |
Duke (2002—2003) Stanford (2004—2007) | ||||
WNBA drafti | 2007 / Tur: 2 / Tanlash: 23- overall | ||||
Minnesota Lynx tomonidan tanlangan | |||||
Pozitsiyasi | Himoyachi | ||||
Statistikalar WNBA.com saytida | |||||
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida | |||||
Medallari
|
Oʻrta maktab davri
tahrirSan Anselmo (Kaliforniya) shahrida tugʻilgan Smith faoliyatining boshlarida Kaliforniyaning Kentfield shahridagi Marin katolik oʻrta maktabi jamoasida oʻynagan. U yerda u WBCA All-Amerika nomini olgan[2]. U 2002-yilda WBCA High School All-America jamoasi aʼzosiga aylanib, jamoa tarkibida sakkiz ball toʻplagan.
Kollej jamoasidagi faoliyati
tahrirSmith 2002—2003-yillarda Duke universiteti jamoasida birinchi kurs talabasi sifatida universitet jamoasida oʻynagan. Bir yil oʻqigandan soʻng, u Stanford jamoasida uch yil oʻynagan va 2007-yilda universitetni tamomlagan. Kollejdagi jamoasidagi faoliyatidan soʻng, u Minnesota Lynx jamoasi tomonidan oʻykazilgan 2007-yilgi[3] WNBA draftida 23-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlab olingan. Ammo 26-aprelda jamoani tark etib, erkin agentga aylangan. 29-aprelda Connecticut Sun jamoasi Smith bilan shartnoma imzolagan. Lekin bu shartnoma ham uzoqqa bormay 11-mayda bekor qilingan[4].
Duke va Stanford jamoalardagi faoliyat statistikasi
tahrirManba[5]
GP | Oʻynalgan oʻyinlar | GS | Oʻyinlar boshlanishi | MPG | Oʻyin uchun daqiqalar |
FG% | Maydondagi gollar foizi | 3P% | Uch ochkoli gollar foizi | FT% | Erkin to'p otish foizi |
RPG | Har bir oʻyindagi rebound (basketbol) | APG | Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol) | SPG | Har bir oʻyin uchun to'p saqlash (basketbol) |
BPG | Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol) | PPG | Oʻyin uchun ochko | Bold | Karyera |
Yil | Jamoa | GP | Ballar | FG% | 3P% | FT% | RPG | APG | SPG | BPG | PPG |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2002—2003 | Duke | 25 | 85 | 53.1 | - | 65.4 | 2.5 | 0.4 | 0.4 | 0.4 | 3.4 |
2003—2004 | Stanford | ||||||||||
2004—2005 | Stanford | 35 | 465 | 61,0 | - | 67.7 | 5.5 | 1.9 | 0,9 | 1.3 | 13.3 |
2005—2006 | Stanford | 34 | 584 | 57.6 | - | 77.9 | 7.5 | 3.1 | 1.1 | 1.4 | 17.2 |
2006—2007 | Stanford | 34 | 471 | 50.4 | 21.6 | 82.6 | 7.6 | 3.5 | 1.3 | 1.1 | 13.9 |
Faoliyati | Birlashtirilgan | 128 | 1605 | 55.9 | 20.5 | 75.2 | 6.0 | 2.4 | 0,9 | 1.1 | 12.5 |
AQSH jamoasidagi faoliyati
tahrirSmith 2005-yili Turkiyaning Izmir shahrida boʻlib oʻtgan Jahon universitet oʻyinlarida Qoʻshma Shtatlar nomidan ishtirok etgan jamoa aʼzosi boʻlgan. Smith har bir oʻyinda oʻrtacha 5,0 ball toʻplagan va jamoaga 7:0 hisobida rekord oʻrnatishga yordam bergan. Natijada musobaqada AQSh jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritgan. Smith oʻzining 24 ta zarbasidan 19 tasini golga aylantira olgan.
U 2007—2008-yilgi mavsumda Italiya A-1 ligasida Virtus Viterbo jamoasida oʻynagan. Uning 2007—2008-yillardagi statistikasi: Gescom Viterbo (ITA-A1,1T): 32 oʻyin: 14,6 ppg, Reb-2 (10,3) rpg), 2,7spg, FGP: 52,0 %, FT: 72,2 % dir.
Smith 2008-yilgi mavsumdan beri Pheonix Mercury jamoasi bilan oʻynab, 2009-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Ikki mavsum keyin u Italiyaning „Pool Comense“ jamoasida oʻynagan. Oʻzining ikkinchi mavsumida (2009—2010) u har bir oʻyinda 17,53 ball toʻplagan holda jamoada ochkolar soni boʻyicha yetakchilik qilgan. 2010—2011-yillarda Smith Rebekkah Brunson oʻrniga amaldagi Italiya chempioni Kras Basket Tarantoda oʻynamoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ „Women's Basketball Player stats“. NCAA. Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
- ↑ „WBCA High School All-America Game Box Scores“. Women's Basketball Coaches Association. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2014-yil.
- ↑ „Brooke Smith“ (2007-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 16-noyabr.
- ↑ „Italian job: Brooke Smith hooks up with top-level pro team“ (2007-yil 16-noyabr). 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 16-noyabr.
- ↑ „Twenty-Second World University Games – 2005“. USA Basketball. 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2015-yil.