Petrus Brovka
Petrus Brovka (Petr Ustinovich) [1905.12 (25).6, Vitebsk viloyati 1980] — Belarus xalq shoiri (1962), Belarus Fanlar akademiyasi akad., Belarus ensiklopediyasi bosh muharriri (1966-yildan), Mehnat Qahramoni (1972). 1926-yildan ilk sheʼrlari bosila boshlagan. "1914" (1935), "Katerina" (1938) dostonlarida batrak ayollarning qismati, hayotda oʻz oʻrnini topishi tasvirlangan. "Belarus" (1943), "Non" (1946) dostonlari va qator sheʼrlari ("Kastus Kalinovskiy", "Belarus jangchilariga", 1943) urush davri belarus adabiyotining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Urushdan keyingi yillarda xalqlar doʻstligi, kishilarning fidokorona mehnati tarannum etilgan "Aka va singil", "Xalq minnatdorligi" (1946), "Hayotyoʻli" (1950), "Kunlar oʻtib boradi" (1961) toʻplamlari shoirga katta shuhrat keltirdi. B. Shevchenko, Mayakovskiy, Tvardovskiy, Tichina singari koʻpgina shoirlarning asarlarini belarus tiliga tarjima qilgan. Uning koʻpgina asarlari esa jahondagi bir qator xalqlar tillariga tarjima qilingan. B. sheʼrlari ("Yurak onti", "Oʻy", "Sen — mening bolalarim", "Eman daraxti", "Sheʼriyat"), "Daryolar tutashganda" romani oʻzbek tilida nashr etilgan.
Petrus Brovka | |
---|---|
Tavalludi | 12 (25) iyun 1905 |
Vafoti | 24-mart 1980[1] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Belorus SSR va SSSR |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |