Bruder
Bruder (ing. brood — tuxum bosish) — inkubatoriya ochirilgan joʻjalarni dastlabki kunlarda issiq saqlovchi maxsus qurilma. Piramida shaklidagi zontdan iborat boʻlib, ichiga qizdirgich joylashtiriladi. Kuchma, muqim (statsionar) va batereyali xillari bor.
Kerosin, kumir, gaz yoki elektr toki bilan isitiladi. Bruderdagi haroratni maxsus vint yerdamida oʻzgartirib turish mumkin. Gaz bruderda havo gorelka alangasi yoki uning keramik nurlatgichi yerdamida isitilib, termorostlagich yerdamida rostlanadi. Har bir elektr yoki gaz bruder ostiga 500 gacha joʻjani joylashtirish mumkin. Bruder ostida tovuq-joʻjalari kechalari 28—29°, kurka joʻjalari 29—ZG, oʻrdak va gʻoz joʻjalari 27—28° issiqlikda saqlanadi. Kunduz kunlari haroratni 3—4° pasaytirish mumkin. Yosh joʻjalar oddiy pechka yerdamida va markaziy suv isitish quvurlarini tovuqxona orqali oʻtkazish yoʻli bilan ham isitiladi. Parrandachilik fkalarida batareyali bruderdan foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |