Brut Mark Yuniy
Brut Mark Yuniy (miloddan avvalgi 85—42) — Rim siyosiy arbobi. Yuliy Sezarga qarshi miloddan avvalgi 44 yilda uyushtirilgan fitna (Kassiy bilan birga) rahbari. Rivoyatlarga koʻra, birinchi boʻlib Yu. Sezarga xanjar solgan. Sezarni oʻldirgandan keyin Rimdan ketgan. 2triumvirat (Oktavian, Antoniy va Lepid) ga qarshi kurashda respublikachilarga Kassiy bilan birga rahbarlik qilib, unda yengilgach, oʻzini oʻldirgan. Keyinchalik B. obrazi ideallashtirilib, zolimlikka qarshi respublika tarafdori deb koʻrsatilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |