Bryan Cabezas
Bryan Alfredo Cabezas Segura (talaffuzi: Brayan Alfredo Kabezas Segudo) — futbolchi, „Atalanta“ va Ekvador terma jamoasining qanot himoyachisi. U ijara asosida „Kocaelispor“da oʻynaydi.
Bryan Cabezas | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Bryan Alfredo Cabezas Segura |
Tugʻilgan | 20-mart 1997-yil (25yosh) Kevedo |
Fuqaroligi | |
Boʻyi | 182 cm |
Vazni | 72 kg |
Pozitsiyasi | vinger |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | Kocaelispor |
Raqami | 11 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirBryan Cabezas „Independiente del Valle“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi[1]. 2012-yil 15-dekabrda „LDU Loja“ga qarshi oʻyinda u Ekvador Primerasida debyut qildi[2][3]. 2015-yil 16-fevralda Guayaquildan „Barcelona“ga qarshi oʻyinda Bryan Cabezas „Independiente del Valle“ uchun birinchi golini urdi[4]. 2016-yilda Libertadores kubogida Braziliyaning „Atlético Mineiro“ va argentinalik „Boca Juniors“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda Bryan Cabezas uchta gol urdi va jamoaga tarixda birinchi marta turnir finaliga chiqishga yordam berdi[5][6].
2016-yilning yozida Bryan Cabezas Italiyaning „Atalanta“ klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzoladi[7]. 2017-yilning 15-aprelida Italiya A seriyasida „Roma“ga qarshi debyut qildi[8].
2017-yilning yozida Bryan Cabezas ijara asosida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Gretsiyaning „Panatinaikos“ klubiga oʻtdi. 20-avgust kuni „Panatinaikos“ga qarshi oʻyinda u Gretsiya Superligasida debyut qildi[9]. 2018-yil boshida Bryan Cabezas „Avellino 1912“ ga ijaraga berildi. 24-fevral kuni „Novara“ga qarshi oʻyinda u Italiya B seriyasida debyut qildi[10]. Oʻsha yilning yozida Bryan Cabezas ijara asosida Braziliyaning „Fluminense“ jamoasiga oʻtdi.
Xalqaro karyerasi
tahrir2013-yilda Bryan Cabezas Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi[11][12]. Turnirda Argentina, Venesuela, Kolumbiya va Paragvay jamoalariga qarshi duellarda oʻynadi[13][14].
2017-yilda Bryan Cabezas Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika yoshlar oʻrtasidagi uy chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi[15][16][17]. Turnirda u Chili, Paragvay, Venesuela, Urugvay, Argentina va ikki marta Kolumbiya[18] va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[19][20]. Bryan Cabezas beshta gol urdi va Lautaro Martines, Rodrigo Amaral va Marselo Torres bilan birga turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi[21][22][23].
Oʻsha yili Bryan Cabezas Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi[24]. Turnirda u AQSH, Saudiya Arabistoni va Senegal jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[25]. Amerikaliklarga qarshi kechgan duelda Brayan „dubl“ni amalga oshirdi[26].
2017-yil 23-fevralda Bryan Cabezas Ekvador terma jamoasi safida Gondurasga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi[27].
Statistika
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubog | Kontinental | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Independiente del Valle | 2013 | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
2014 | 6 | 0 | — | 0 | 0 | 6 | 0 | ||
2015 | 43 | 3 | — | 2 | 0 | 45 | 3 | ||
2016 | 18 | 1 | — | 15 | 3 | 33 | 4 | ||
Jami | 68 | 4 | — | 17 | 3 | 85 | 7 | ||
Atalanta | 2016-2017 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
Jami | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
Panathinaikos (ljara) | 2017 | 9 | 0 | 1 | 0 | 4 | 2 | 14 | 2 |
Avellino (Ijara) | 2017-2018 | 7 | 0 | 0 | 0 | — | 7 | 0 | |
Fluminense (ljara) | 2018 | 5 | 0 | 0 | 0 | — | 5 | 0 | |
Emelec (ljara) | 2019 | 5 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 |
Umumiy karyerasi | 95 | 5 | 1 | 0 | 23 | 5 | 119 | 10 |
Yutuqlari
tahrirJamoaviy yutuqlari
„Independiente del Valle“
- Libertadores kubogi finalchisi — 2016-yil
Xalqaro yutuqlari
Ekvador (U20)
- 2017-yilgi Janubiy Amerika yoshlar futbol chempionati — 2-oʻrin
Shaxsiy yutuqlari
- Janubiy Amerika yoshlar chempionati toʻpurari (5 gol) — 2017-yil
Manbalar
tahrir- ↑ Bryan Cabezas // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ „Индепендьенте дель Валье VS. ЛДУ Лоха 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (15-dekabr 2012-yil). 20-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
- ↑ „Индепендьенте дель Валье VS. Атлетико Минейро 3:2“ (inglizcha). soccerway.com (7-aprel 2016-yil). 30-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
- ↑ „Барселона Гуаякиль VS. Индепендьенте дель Валье 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (16-fevral 2015-yil). 20-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
- ↑ „Индепендьенте дель Валье VS. Бока Хуниорс 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (8-iyul 2016-yil). 11-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
- ↑ „Бока Хуниорс VS. Индепендьенте дель Валье 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (15-iyul 2016-yil). 17-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2016-yil.
- ↑ „«Аталанта» подписала молодого вингера Кабесаса“ (ruscha). sportarena.com (7-avgust 2016-yil).
- ↑ „Рома VS. Аталанта 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (15-aprel 2017-yil). 18-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2017-yil.
- ↑ „Платаньяс VS. Панатинаикос 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (20-avgust 2017-yil). 29-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2017-yil.
- ↑ „Авеллино 1912 VS. Новара 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (24-fevral 2018-yil). 25-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2018-yil.
- ↑ „Аргентина (до 17) VS. Эквадор (до 17) 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (3-aprel 2013-yil). 10-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
- ↑ „Эквадор (до 17) VS. Венесуэла (до 17) 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (4-aprel 2013-yil). 6-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
- ↑ „Эквадор (до 17) VS. Колумбия (до 17) 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (7-aprel 2013-yil). 25-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
- ↑ „Парагвай (до 17) VS. Эквадор (до 17) 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (8-aprel 2013-yil). 6-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Парагвай (до 20) 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (27-yanvar 2017-yil). 22-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Чили (до 20) 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (22-yanvar 2017-yil). 21-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 2:4“ (inglizcha). soccerway.com (3-fevral 2017-yil). 10-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Колумбия (до 20) 4:3“ (inglizcha). soccerway.com (21-yanvar 2017-yil). 13-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Бразилия (до 20) 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (31-yanvar 2017-yil). 10-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Аргентина (до 20) 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (6-fevral 2017-yil). 12-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Колумбия (до 20) 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (8-fevral 2017-yil). 13-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Бразилия (до 20) 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (19-yanvar 2017-yil). 9-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Уругвай (до 20) 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (12-fevral 2017-yil). 15-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. США (до 20) 3:3“ (inglizcha). soccerway.com (22-may 2017-yil). 17-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Саудовская Аравия (до 20) 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (25-may 2017-yil). 19-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
- ↑ „Сенегал (до 20) VS. Эквадор (до 20) 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (28-may 2017-yil). 13-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
- ↑ „Эквадор VS. Гондурас 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-fevral 2017-yil). 15-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2017-yil.