Karl Pavlovich Bryullov (1799. 12 (23). 12, Peterburg 1852.11(23).6, Marchano, Rim yaqinida) – rus rassomi. Peterburg Badiiyot akadimyasida taʼlim olgan (1809_1821). 1835-1850 yilda Italiyada yashagan. 1836-yildan Peterburg Badiiyot akadimyasida professor Bryulo rus rang tasviridagi klassitsizm oqimiga romantizm va hayotdan zavqlanish kayfiyatini olib kirdi. Asarlari insonning goʻzal, nafis histuygʻularini kuylashi („Virsaviya“, 1812), obrazlarining dramatik qudrati („Pompeyning soʻnggi kuni“, 1830— 33), realistik anʼanalar, nozik psixologizmi (M. Lanchi portreti, 1851; avtoportret, 1848) bilan ajralib turadi.

Karl Bryullov

Avtoportret (1848)
Tavalludi
Charlz Bryulo

12-dekabr 1799[1][2]
Vafoti 11-iyun 1852
Manziana, Papa davlati
Fuqaroligi rus
Kasbi Rassom
Faoliyat yillari Rus rassomi (1799-1852)
Otasi Paul Bruleau
Mukofotlari Imperial Badiiy Akademiyasi Medali (1821)

Bryulovning mujassamot tuzish va bezash mahorati ayniqsa hashamdor portretlarda toʻla namoyon boʻlgan. „Chavandoz ayol“ (1832), „N. V. Kukolnik“ (1836), „I. A. Krilov“ (1839) va boshqa asarlari rus realistik portretining katta yutugʻi boʻldi. Bryulo akvarel va rasm ustasi hamdir (italiyaliklar maishiy hayotidan lavhalar, Gresiya va Turkiya safarlari chogʻidagi manzara va chizgilari, 1835).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)

Tashqi havolalar

tahrir