Bsisu Muin (1928, Gʻazza 1984, London) — falastinlik arab shoiri, dramaturg, publitsist, jamoat arbobi. Ijodi, asosan, milliy ozodlik kurashi, xalqlar doʻstligi va tinchlik mavzulariga bagʻishlangan. 11 sheʼrlar toʻplami, 6 pyesa va 2 publitsistik asar muallifi. "Maktublar" (1952), "Vatan — qalbda" (1970), "Tashrif qogʻozi" (1974), "Falastin daftari" (1978), "Deraza oynasiga yozilgan sheʼrlar" (1980), "Qalbdagi Falastin bilan" (1983) kabi toʻplamlari bor. Toshkent va Samarqand haqida sheʼrlar yozgan, "Tashrif qogʻozi" sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan (1984). Xalqaro Nilufar mukofoti laureati (1980).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil