Sharbithat
Sharbithat (arabcha: شربيتات) – Ummon Sultonligining Dofar gubernatorligi Shalim viloyatida joylashgan qirgʻoq boʻyidagi shaharcha. Sharbithat shaharchasi Salaladan 430 km uzoqlikda, Ummon Sultonligining janubiy qismida joylashgan.
Sharbithat | |
---|---|
Shaharcha | |
17°56′15.0″N 56°16′25.0″E / 17.937500°N 56.273611°E | |
Mamlakat | Ummon |
Gubernatorlik | Dofar |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
|
Xususiyatlari
tahrirSharbithat, asosan, baliqchilar qishlogʻi boʻlib, hududda taxminan 300 nafar aholi istiqomat qiladi. Tutilgan baliqlar Dubay va Salala kabi hududlarga joʻnatiladi va u yerda qadoqlanib, koʻplab mamlakatlarga eksport qilinadi. Shaharchada oʻrta maktab va sogʻlomlashtirish punkti faoliyat yuritadi, shuningdek, yangi turar-joy koloniyasi ham mavjud.
Arxeologiyasi
tahrirSharbithat shaharchasining 14 kilometrlik qirgʻoq chizigʻi neolit davri obyektlari qazib olinadigan joylardan biri hisoblanadi. Ilk qazish ishlari 2017-yilning yanvar oyida amalga oshirilgan[1]. 2020-yilda bundan 5500 yil oldin yoʻqolib ketgan akulalarning Otodus nomli turkumiga mansub turining tishi topilgan boʻlib, Arabiston hududidan topilgan bunday turdagi ilk tish hisoblanadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Maiorano, Maria Pia; Marchand, Grégor; Vosges, Jérémie; Berger, Jean-François; Borgi, Federico; Charpentier, Vincent (2018). "The Neolithic of Sharbithāt (Dhofar, Sultanate of Oman): typological, technological, and experimental approaches". Proceedings of the Seminar for Arabian Studies 48: 219–233. ISSN 0308-8421. https://www.jstor.org/stable/45163156.
- ↑ „Fossil of extinct shark retrieved from Dhofar“. Times of Oman (2020-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-dekabr.