Bubon (grekcha: „bubon“ — chov, chovdagi oʻsma) — teri ostidagi limfa tugunlarining yalligʻlanishi ("bez kelishi"). Koʻproq chov va boʻyin sohasida uchraydi. Bubon ayrim tanosil (masalan, zaxm) va boshqa baʼzi yuqumli kasalliklar (sil, oʻlat) bilan birga kechadi yoki ularning asorati sifatida vujudga keladi. Bubon turli kattalikda boʻlib, ogʻriqli (yumshoq shankrda) yoki ogʻriqsiz (zaxmda) oʻtadi. Bubon yiring boʻylab yoriladi va chandiq hosil qilib bitadi. Dastlab bubonga sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi, ular yordam bermasa, jarrohlik usuli qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil