Bucha
Bucha (ukraincha: Буча) – Ukrainaning Kiyev viloyatidagi shahar. Maʼmuriy jihatdan Bucha tumanining maʼmuriy markazi boʻlib xizmat qiladi. Unda Ukrainaning hromadalaridan biri boʻlgan Bucha hromada maʼmuriyati joylashgan.[1] Uning aholisi taxminan 36,971dir. Bucha kuni shaharda 11-13-sentyabr kunlari nishonlanadi.[2]
Bucha jangi 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida Kiyev hujumining bir qismi edi. Jang 2022-yil 27-fevraldan 2022-yil 31-martgacha davom etdi va Rossiya qoʻshinlarining olib chiqilishi bilan yakunlandi. Shahar meri Anatoliy Fedorukning xabar berishicha, Bucha 31-mart holatiga koʻra Rossiya qoʻshinlaridan toʻliq qaytarib olingan.[3] Ukraina kuchlari Bucha ustidan nazoratni qayta qoʻlga kiritgandan soʻng, Rossiya harbiylari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar haqida xabarlar va guvohliklar aylana boshladi. Ushbu urush jinoyatlari birgalikda Bucha qirgʻini deb nomlanadi.[4]
Buchalik mahalliy tarixchi Anatoliya Zborovskiyning soʻzlariga koʻra, Bucha yaqin atrofdagi daryo – Bucha daryosi sharafiga nomlangan boʻlib, u qadimgi davrlarda daryo oqimlarining kuchini bildirgan.
Bir shahar afsonasiga koʻra, temir yoʻl vokzalini qurishda ishchilarga maosh berilmagani uchun ular katta janjal yoki „bucha“ (ukraincha: буча – janjal). Temir yoʻl stansiyasi qurib bitkazilganidan keyin qishloqqa ham shunday nom oldi.[5]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Бучанская городская громада“ (ru). Портал об'єднаних громад України.
- ↑ „Bucha Day“. bucha.com.ua.
- ↑ „Kyiv satellite town Bucha recaptured by Ukraine, mayor says“ (en-US). Yahoo! Finance. Reuters (2022-yil 2-aprel). Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
- ↑ „Almost 300 people buried in 'mass grave' in Bucha outside Kyiv: Mayor“. Al Arabiya English. Agence France-Presse (2022-yil 2-aprel). Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.
- ↑ область. „Буча - Історична довідка » Бучанський міський сайт“ (uk). Бучанський міський сайт. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.