Buffalo
Buffalo — AQShning shim.sharqidagi shahar. NyuYork shtatida. Eri koʻli boʻyidagi muhim port. Yirik transport yoʻllari tuguni, xalqaro aeroport bor. Aholisi shahar atrofi bilan 1,2 mln. kishi (1990- yillar oʻrtalari). AQSH va Kanada orasidagi savdo munosabatlari Buffalo orqali amalga oshiriladi. Buffalo mamlakatning yirik sanoat va savdomoliya markazi. Buffalo sanoatining asosiy tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, kimyo va oziq-ovqat sanoati. Oliy oʻquv yurtlari, jumladan universitet (1846-yildan), Tabiiy fanlar jamiyati muzeyi, yadro tadqiqotlari markazi, OlbraytNoks badiiy galereyasi, shahar yaqinida Niagara daryosiga qurilgan GES bor. Buffaloga 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida asos solingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |