Bugʻ nasosi — bugʻ kuchi bilan ishlaydigan qurilma; bevosita taʼsir etuvchi porshenli nasos; uning porsheni harakatlantiruvchi bugʻ mashinasining porsheni bilan bir shtokka biriktiriladi. Odatda, bir silindrning zolotnigi boshqa silindrning shtoki bilan boshqariladigan, yaʼni qoʻshaloq Bugʻ nasosi koʻproq ishlatiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Bugʻ nasosi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil