Bugʻ taqsimlash — bugʻ mashinasi silindriga yangi bugʻ berish va undan ishlatilgan bugʻni chiqarish jarayonlarini boshqarish. Silindrning kiritish va chiqarish kanallarini zolotniklar, klapanlar, bevosita porshenning oʻzi (toʻgʻri oqimli mashinalarda) yoki joʻmraklar yordamida (porshenning harakat qonuniga aniq amal qilgan holda) navbatma-navbat ochib va yopib amalga oshiriladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Bugʻ taqsimlash" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil