Bugʻlanishni oʻlchagich
Bugʻlanishni oʻlchagich — suv va tuproq sirtidagi bugʻlanishni oʻlchaydigan asbob. Maxsus idishdan iborat. Tuproq ustiga va suv sirtida suzib yuruvchi maxsus qurilma ustiga oʻrnatiladi. Kuzatish natijalarini hisoblashda Bugʻlanishni oʻlchagich ustiga tushadigan yogʻinsochin eʼtiborga olinadi. Bugʻlanish miqdori quyidagi suv balansi tenglamasi bilan hisoblanadi:bunda Ye — kuzatish muddatlari orasidagi bugʻlanish miqsori, mm; x — yogʻinsochin miqdori, mm; A va h2 — bugʻlatuvchi idishdagi suvning kuzatish boshidagi va oxiridagi sathi, mm. Gidrometeorologiya st-yalarda ishlatiladi. BUGʻLANUVCHANLIK muayyan atmosfera sharoitida mumkin boʻlgan eng yuqori bugʻlanishni ifodalaydigan shartli kattalik. Bunda maxsus idishdagi suv yuzasidan, tabiiy chuchuk suvli katta suv havzasi yuzasidan yoki ortiqcha namlangan tuproqdan bugʻlanish koʻzda tutiladi. Bu sirtlardan B. bir xilda boʻlmaydi, chunki idish bilan tabiiy suv havzalari va ortiqcha namlangan tuproqning bugʻlanish sharoitlari bir-biridan farq qiladi. B. bugʻlangan suvning mm da belgilangan qatlami orqali ifodalanadi. Boshqa joylarga nisbatan Oʻrta Osiyo sharoitida B. yuqori. Masalan, shveysariyalik fizik G. I. Vild bugʻlantirgichi boʻyicha oʻlchanganda bir yillik oʻrtacha B. Moskvada 417 mm, SanktPeterburgda 320 mm boʻlsa, Nukusda — 1798 mm.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |