Bugʻo
(Bug‘odan yoʻnaltirildi)
Bugʻo, Bagʻuy (XIII asr)— Ustyug shahri (Rus davlati)dagi moʻgʻullar yasoqchisi (soliq toʻplovchi). Xristian diniga kirib Ioann ismini olgan. Oʻzining xayrli ishlari bilan xalqning izzat hurmatini qozongan. Ustyug shahrida cherkov, monastir qurdirgan. Cherkov qoʻlyozmalari Ioann (Bugʻo) ni „hazrat“ deb hisoblaydilar[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |