BujumburaBurundi poytaxti. Tanganika koʻlining shimoliy sohilida joylashgan port shahar. Aholisi 236 ming kishi (1990). Mamlakatning eng yirik shahri, savdotransport va iqtisodiy markazi.

Bujumbura
shahar
3°22′57″S 29°21′40″E / 3.38250°S 29.36111°E / -3.38250; 29.36111
Mamlakat Burundi
Hukumat
 • Mer Jimmy Hatungimana
Asos solingan 1871
Avvalgi nomlari Usumbura
Maydon 127 km2 (49 kv mi)
Markazi balandligi 774 m
Iqlim turi Tropik
Aholisi
 (2023)
1 143 202
Vaqt mintaqasi UTC+2
Bujumbura xaritada
Bujumbura
Bujumbura

Tarixi

tahrir

Shaharga 1897-yilda asos solingan. 1922-yildan Belgiyaning mandati ostidagi, 1946—62 yillarda esa Belgiyaning vasiyligidagi hududning maʼmuriy markazi boʻlgan. 1962-yildan mustaqil Burundi davlatining poytaxti.

Sanoat

tahrir

Sement, pivo, paxta tozalash zavodlari, bir qancha toʻqimachilik fabrikalari, GES bor. Baliq ovlash va uni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Hunarmandchilikda sopol buyumlari ishlab chiqariladi. Mamlakatning deyarli barcha tashqi savdosi Bujumbura orqali olib boriladi. Chetga kofe, paxta, teri xom ashyosi, metall konsentratlari va boshqalar eksport qilinadi.

Transport

tahrir

Muhim transport yoʻllari tuguni. Shahar chekkasida xalqaro aeroport bor.

Taʼlim

tahrir

Bujumburada maxsus oʻquv yurtlari, universitet (1960-yildan) mavjud.

 
Bujumbura

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil