Buloqboshi
Buloqboshi — Andijon viloyatidagi shaharcha. Buloqboshi tumani markazi. Andijon shahridan 22 km janubi-sharqda. Aholisi 18,9 ming kishi (2000). Shahar buloq boshida vujudga kelgan, nomi shundan. Aholisi paxtachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Janubiy Fargʻona kanali, buloq va artezian quduqlaridan suv ichadi.
Buloqboshi | |
---|---|
shahar | |
40°37′20″N 72°32′10″E / 40.62222°N 72.53611°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
tuman | Buloqboshi tumani |
Aholisi | 21 900 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Buloqboshida 2 qurilish tashkiloti, paxta punkti, ipak yigiruv fabrikasi, 2 tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, 2 tayyorlov-savdo tashkiloti, elektr tarmogʻi idorasi, yoʻl qurilish boshqarmasi, 3 bank muassasasi, kommunal foydalanish boshqarmasi, 3 bozor, 5 umumiy taʼlim maktabi, 6 yaslibogʻcha, kinoteatr, kasalxona, 2 poliklinika, maishiy xizmat koʻrsatish punktlari bor.
Buloqboshidan shahar va qishloqlarga avtobus qatnaydi[1].
Eng soʻlim dam oladigan joylaridan Shirmonbuloq mavjud
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |