Bulungʻur — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman (1973-yildan beri).Tuman markazi-Bulung‘ur shahri. Bulungʻurdan Samarqandgacha 31 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bulungʻur. Bulungʻurni Katta Oʻzbekiston trakti kesib oʻtadi. Dengiz sathidan 736 m balandlikda. Aholisi 23,5 ming kishi (2000). Bulungʻurda 7 sanoat korxonasi (vino, sut, gʻisht zavodlari), xalq isteʼmoli mollari, hunarmandchilik, uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqaruvchi kichik xususiy korxonalar, 69 ta umumiy o‘rta taʼlim maktabi, mehmonxona, kutubxonalar, xalq teatri, kasalxona, tugʻruqxona va boshqa bor.[1]

Bulungʻur
shahar
39°45′36″N 67°16′12″E / 39.76000°N 67.27000°E / 39.76000; 67.27000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Bulungʻur tumani
Aholisi
 (2005)
25 000
Vaqt mintaqasi UTC+5
Bulungʻur xaritada
Bulungʻur
Bulungʻur
Bulungʻur xaritada
Bulungʻur
Bulungʻur

Manbalar

tahrir
  1. "Bulungʻur (shahar)" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil