Bulutlilik — osmon gumbazining bulut bilan qoplanganlik darajasi. Bulutlilik 10 balli shkala boʻyicha koʻz bilan chamalab aniqlanadi, bulut miqdori 10 balli tizim boʻyicha, bulut shakli esa bulut xalqaro tasnifi boʻyicha belgilanadi, agar osmon gumbazida hech bulut boʻlmasa, nol ball, agar osmon bulut bilan butunlay qoplangan boʻlsa, 10 ball beriladi. Osmon gumbazidagi bulut ulushini taxminan foizga aylantirib boshqa ballar beriladi. Bulutlilik ob-havo va iqlimni belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Qish kunlari va tunda u Yer sirtidagi va Yer sirti yaqinidagi havo qatlami temperaturasining pasayishiga toʻsqinlik qiladi, chunki Yerdan nur ketishi kamayadi. Yezda va kunduz kunlari bulutlilik Yer sirtida quyosh nurlari qizdirishini kamaytirib, qitʼaning ichki iqlimini yumshoqlashtiradi. Bulutlilikda jiizorlar radiatsiya balansi muhim omili. Oʻrta Osiyo hududida yoz va kuzda havoiing kam bulutli va ochiq boʻlishi dehqonchilik uchun juda qulay. Havo ochiqkunlar umumiy bulutlilik boʻyicha 60—90% ni, past bulutlilik boʻyicha 80—98% ni tashkil qiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil