Burchakli pardozlash mashinasi (BPM), so'zl. bolgarka — tosh, temirdan va boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlarni kesish, pardozlash va tozalash uchun mo'ljallangan, elektrasbob, turli xil pardozlovchi mashinalarning bir turi. Qurilish va metalga ishlov berishda foydalanadi.

bolgarka yordamida tosh plitada profil kesish jarayoni

Moslama

tahrir
 
 

Korpus formasi tslindrni eslatadi. Ko'pincha nasatkani maxkamlash qismiga yaqin joyda yonlamacha ushlagichi bo'ladi. BPM ichki qismi universal kollektorli dvigatel (UKD), yoqish tugmachasi yoki tortish o'zgartiruvchisi (zamonaviy BPM larda), burchakli tishli uzatma va elektrodvigateldan tashkil topgan. Ba'zi modellar burchak tezligi moslashtiruvchisi bilan jihozlangan.

Nasatka sifatida BPM shpindeliga rezbali qotiruvchilar bilan maxkamlanuvchi maxsus disklar (aylana) va sho'tkalar ishlatiladi. Odatda shpindel tashqi M14 rezbali bo'ladi. Shyotka ichki rezbaga ega bo'lib, bevosita shpindelga qotiriladi. Aylanalar teshik orqali siquvchi gayka yordamida qotiriladi.

Anjomlar

tahrir
 
Burchakli pardozlash mashinasida ishlash uchun foydalaniladigan disklar

Turli materiallar, xususan, po'lat, alyumin qotishmalar, tosh, keramik plita va hokazolarga ishlov berish uchun aylanalar mavjud. Odatda aylana tarkibi uni faqat bitta materialda qo'llash imkoniyatini beradi.

Sho'tkalar yuzalarni kirlar masalan, chirk va bo'yoqdan tozalash uchun ishlatiladi. Sho'tka tishlari po'lat va latundan tayyorlanadi. Latun sho'tkalar yumshoq va tez yediriladi, lekin ular uchqun chiqarmaydi va po'lat yuzalarda iz qoldirmaydi.

«Bolgarka»ning nomlanish tarixi

tahrir

Ushbu asbobning so'zlashuv nomi — «bolgarka» — SSSRda 1970-chi yillarda, uning birinchi namunalari paydo bo'lganda yuzaga kelgan. Aynan Bolgariyaning Plovdiv shahridagi «Eltos-Bolgarka» zavodida ishlab chiqarilishi uning nomlanishiga sabab bo'lgan.

Havolalar

tahrir