Burgʻilash jihozlari
Burgʻilash jihozlari — burgʻilashyya ishlatiladigan turli asbobuskuna va qurilmalar (burgʻilash asbobi, burgʻilash bolgʻasi, burgʻilash koronkasi, burgʻilash qurilmasi, burgʻilash minorasi va boshqalar). Burgʻilash asbob i ning asosiy elementa iskana (rasm, 1 va 2). U oʻz ogʻirligi bilan sharoshka (tishli ish jihozi) tishlarini togʻ jinsiga botirib, uni maydalaydi; mayda jins stvol (quvur)dan yuqoriga oqayotgan loyli aralashma bilan tashkariga chiqib ketadi. Sharoshka oʻz oʻqi atrofida aylanadi. Turli qattiqlikdagi togʻ jinslarini burgilash uchun sharoshka tishlari har xil shaklda yasaladi. Yumshoqva oʻrtacha qattiqlikdagi togʻ jinslarini burgilash uchun tishlar uzun va oʻtkir, qattiq togʻ jinslarini burgilash uchun esa mayda qilinadi. Burgilash bolgʻasi aylanma zarba berib, kovak (shpur)lar burgʻilaydigan mashina. Uning elektr va siqilgan havo bilan ishlaydigan xillari bor. Siqilgan havo bilan ishlaydigan burgʻilash bolgʻasi shtokli porshen yordamida burgʻining yuqori qismiga zarba beradi; har bir zarbadan keyin burgʻi oʻz-oʻzidan 10—15° buriladi, natijada u tog jinslari orasida qisilib qolmaydi. Qattik va juda qattiq tog jinslarida shpurlar burgʻilash uchun ogirligi 15– 35 kg li burgʻilash bolgʻasi ishlatiladi. Burgilash koronkasi togʻ jinsini yemiruvchi silindrik gʻildirakcha shaklidagi koronkali quvurning uchi (rasm, 3). Uning chidamliligini oshirish uchun pastki uchiga olmos yoki pobedit oʻrnatiladi. Burgilash kuril masi — quduklar burgʻilaydigan muqim (statsionar) yoki Kuchma asbob (iskana)li qurilma. Uning muqim turlaridan biri kopyor, 150—200 t gacha yuk koʻtara oladigan chigir, burgilash quvurlarini aylantiruvchi rotor va loyqa suyuklikni tortuvchi nasosdan iborat. Razvedka quduqlarini burgʻilashda ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi. Agar burgʻilash qurilmasi but quvvati bilan ishlasa, elektr motorli reduktor oʻrniga bugʻ mashinasi va, baʼzan, bugʻ nasoslari oʻrnatiladi. Kuchma burgilash qurilmasi asbobuskunalari bir umumiy ramaga yigilib, katta yuk avtomashinasiga, rezina gildirakli yoki zanjirli (gusenitsali) traktorga oʻrnatiladi.Burgʻilash minorasi — quduqlar burgʻilash uchun kuriladigan inshoot; u burgʻilash qurilmasining asosiy elementi. Burgilash minorasi 300 t gacha yuk koʻtara oladigan toʻrt kirrali metall konstruksiyalardan iborat. Uni 10–15 km masofagacha koʻchirish mumkin. Poydevori beton yoki yogochdan yasaladi. Iskananing necha marta tushibchiqishi va burgʻilanadigan quduqning chukurligiga qarab, minora 30–60 m chamasi balandlikda quriladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |