BurgasBolgariyaning sharqidagi shahar. U Qora dengizning Burgas qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Burgas viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 202 mingdan ziyod kishi (2014). Muhim transport yoʻllari tuguni, mamlakatning Varna shahri bilan teng keladigan asosiy portlaridan. Xalqaro aeroport bor. Burgas orqali chetga tamaki, hoʻl meva, meva-sabzavot konservalari chiqariladi. Burgasda neft kimyo, yogʻochni qayta ishlash kombinati, oziq-ovqat sanoati, elektr kabeli, transport mashinasozligi, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlash markazi. Kurort shahri. Kimyo texnologiya instituti, teatrlar, suratlar galereyasi bor. Shaharga III asrda asos solingan.

Burgas

Бургас
Shahar
Skyline of Burgas
Burgas
Bayroq
Burgas
Gerb
42°30′10.674″N 27°28′12.644″E / 42.50296500°N 27.47017889°E / 42.50296500; 27.47017889
Mamlakat Bolgariya
Provinsiya Burgas
Munitsipalitet Burgas
Hukumat
 • Mayor Dimitar Nikolov (GERB)
Maydon 253.644 km2 (97.932 kv mi)
Markazi balandligi 30 m
Aholisi
 (2014-12-31)
202,694[1]
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Pochta indeks(lar)i 8000–8034
Hudud kodi (+359) 56
Burgas xaritada
Burgas
Burgas

Manbalar

tahrir
  1. „Functional Urban Areas - Population on 1 January by age groups and sex“. Eurostat (2016-yil 1-aprel). 2016-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil