Buroq
Buroq (arab, "yarqiroq", "barq" soʻzidan) — islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va uchadigan maxluqning nomi. Qurʼoni karimda zikr qilinishicha (17:1), Muhammad sallollohi alayhi vasallam uni minib Makka shahridan "tungi sayr"da meʼrojga chiqqan. Rivoyat qilishlaricha, Buroq Muhammad sallollohi alayhi vasallamni Kaba oldiga kelib kutib turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan soʻng boʻysungan. Buroq boshqa paygʻambarlar, chunonchi Ibrohim (as) va Dovud(as)ga ham xizmat qilgan, deydilar. Buroq goh ot, goho xachir shaklida, oq rangli, boʻyni choʻziq, quloqlari uzun, oyoqlarida qanoti boʻlgan deb taʼriflangan. Muhammad sallollohi alayhi vasallam Buroqga minib uchib ketayotganliklarini oʻrta asr shia miniatyuralarida ifodalashga harakat qilingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |