Buryat solnomalari
Buryat solnomalari — sharqiy buryatlarning tarixiy yodnomalari. Yilnomalar va qisqacha tarixiy ocherklarning oraliq shakli koʻrinishida boʻlgan. Buryatlar uchun tushunarli boʻlgan adabiy moʻgʻul tilida yozilgan. Selenga (I. Lombotsirenov, 1868), xorin va aga (T. Toboyev, 1863, V. Yumsunov, 1875, Xobituyev, 1887), barguzin (N. Saharov, 1887) buryatlari solnomalari mashhur. Buryat solnomalari mualliflari tarixiy yodnoma, bitiklar, Dasht dumalari arxivi hujjatlari, xalq rivoyatlari, afsonalaridan foydalanganlar. Yumsunov (qad. davrdan 19-asrgacha boʻlgan voqealar) va Toboyev (1860-yilgacha boʻlgan maʼlumot) solnomalari eng mukammal va sermazmun. Saharov solnomasi 1740—1886-yillarni oʻz ichiga oladi. Buryat solnomalari yuqori feodal tabaqavakillari tomonidan tuzilgani uchun shularning sinfiy mafkurasini ifodalaydi. Xalkning turmushiga oid faktlarni yilmayil, izchil bayon etilganligi katta qimmatga ega. Buryatlar Sibirda oʻziga xos bunday adabiy yodgorlikka ega boʻlgan yagona xalqdir.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |