Butadion
Butadion (Butadionum) — ogʻriq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yalligʻlanishga qarshi dori. Revmatizmning oʻtkir va surunkali xili, infeksion poliartrit, podagra, eritema va boshqa kasalliklarga davo qilishda qoʻllanadi. B. qabul qilganda baʼzan meʼdaga noxush taʼsir koʻrsatishi (yara boʻlganda koʻngil aynishi, ogʻriq kuchayishi va boshqalar) mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |