Butan Qirolligiga sayohat mamlakatning noyob jamiyati va atrof-muhitiga tashrif buyuruvchilarning salbiy taʼsirini minimallashtirish uchun „yuqori qiymat, kam hajm“ turizm siyosati ostida yuqori darajada tartibga solinadi[1]. Butan siyosati mamlakatga bir vaqtning oʻzida faqat maʼlum miqdordagi sayyohlarning kirishini taʼminlaydi, bu esa mamlakatni ommaviy turizm manziliga aylanishiga va shu bilan uning sayyohlik xarakterini oʻzgartirishiga yoʻl qoʻymaydi, kam hajmli kelgan sayyohlar esa oʻz tashriflaridan eng yaxshi tajriba hamda qadriyatlarni oladilar.

2002-yilda Butanda berilgan viza

Viza siyosati xaritasi

tahrir
 
Butanning viza siyosati
  Butan
  Ruxsat olish talab qilinadi
  Kelgandan keyin viza talab qilinadi

Vizadan ozod qilish

tahrir

Harakat erkinligi

tahrir

  Hindiston fuqarolaridan Butanga kirish uchun viza talab etilmaydi, chunki Butan va Hindiston oʻrtasidagi 1949-yilgi shartnoma ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro odamlarning erkin harakatlanishiga imkon beradi. 2022-yil 23-sentyabrdan boshlab ushbu harakat erkinligi Phuentsholing, Gelephu va Samdrup Jongkhar chegara shaharlarida sayohat qilish uchun cheklab qoʻyilgan. Ushbu chegara shaharlaridan tashqariga sayohat qilish uchun oldindan ruxsatnomalar kerak boʻladi.

2020-yilning 1-iyulidan boshlab Hindiston, Bangladesh va Maldiv orollaridan tashrif buyuruvchilar Butanga kirishda ruxsat olish uchun bir tunga 1200 BTN miqdorida imtiyozli barqaror rivojlanish toʻlovini toʻlashlari shart etib belgilandi[2].

Hindiston fuqarolari Butanga havo hamda quruqlik yoʻllari orqali kirishdan oldin ruxsat olishlari kerak va Butanga kirish uchun quyida koʻrsatilgan har qanday qabul qilinadigan hujjatlardan foydalanishlari mumkin:

Kirishda viza

tahrir

Quyidagi mamlakatlar fuqarolari Butanga kelganlarida vizani olishlari mumkin[3]:

Diplomatik, xizmat va rasmiy pasportlar

tahrir

Quyidagi davlatlarning diplomatik yoki rasmiy pasportlari egalari kirish portiga yetib kelganlarida vizani olishlari mumkin boʻladi[4]:

Viza oldindan talab qilinadi

tahrir

Butanga tashrif buyuruvchi barcha chet elliklar (Bangladesh va Maldiv orollari fuqarolaridan tashqari) viza olishlari kerak, Hindiston fuqarolari esa Butanga tashrif buyurishdan oldin ruxsat olishlari kerak va Butanga faqat Phuntsholing, Gelephu va Samdrup Jongkhardan quruqlik orqali yoki Paroga havo yoʻli orqali kirishlari mumkin. Agar Hindiston fuqarolarining ruxsat olishi maʼqullansa, ularga vizani rasmiylashtirish xati beriladi va uni kirish portida taqdim etishlari kerak boʻladi. Keyin viza ularning pasportiga muhrlanadi. Har bir turar joy uchun kunlik barqaror rivojlanish toʻlovi (SDF) ham olinadi. Bu barcha chet ellik sayyohlar uchun bu kuniga 200 dollarni tashkil qiladi, Hindiston fuqarolari esa bir kecha uchun 1200 ngultrum yoki hind rupiyasidagi ekvivalent miqdoridagi pulni toʻlaydilar.

Sayohat vaqtida 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar barqaror rivojlanish toʻlovi uchun 50 % imtiyozli chegirmaga ega. 5 yoki undan kichik yoshdagilar esa toʻlovdan ozod qilinadi[5].

Hindiston bilan chegaradosh Butan shaharlariga bir kunlik tashrif buyuruvchilar ham Butan hukumati tomonidan belgilangan nuqtaga yetib borgunlaricha barqaror rivojlanish toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadilar[6].

Liberallashtirish boʻyicha takliflar

tahrir

2009-yilda Butan hukumati turizm boʻyicha siyosatini qayta koʻrib chiqish uchun McKinsey konsalting kompaniyasini yolladi. McKinsey kompaniyasining turizmni tartibga solishni bekor qilish va cheksiz miqdordagi chet ellik sayyohlarning mamlakatga kirishiga ruxsat berish rejasi bosh vazir hamda vazirlar mahkamasi tomonidan oldindan maʼqullangan, biroq oxirida mamlakatda keng tarqalgan qarshilik tufayli rad etilgan. Kanadalik olim Kent Schroederning soʻzlariga koʻra, „McKinsey tomonidan berilgan liberallashtirish taklifining bekor qilinishi xususiy sektor va fuqarolik jamiyatidagi koʻpchilik uchun muhim gʻalaba boʻldi“[7].

Statistikasi

tahrir

Butanga kelgan mehmonlarning aksariyati quyidagi millat vakillari edi[8]:

No. Mamlakat yoki hudud 2019-yil 2018-yil 2017-yil 2016-yil 2015-yil 2014-yil 2013-yil 2012-yil
1   Hindiston 230,381 191,836 172,751 114,301
2   Bangladesh 13,016 10,450 10,536 7,753
3   AQSh 11,707 10,561 9,220 7,292 7,137 7,291 6,997 6,102
4   Xitoy 7,564 6,878 6,421 9,208 9,399 8,111 4,827 3,816
5   Singapur 4,744 3,886 4,129 3,015 2,587 1,720 2,051 1,611
6   Birlashgan Qirollik 4,241 3,585 3,246 3,124 2,958 2,680 2,309 2,491
7   Tailand 4,086 3,886 4,047 4,177 3,778 12,105 3,527 3,617
8   Germaniya 3,375 3,422 2,970 2,297 2,498 2,971 2,770 2,895
9   Avstraliya 3,153 2,739 2,249 1,818 1,833 2,037 2,062 1,950
10   Yaponiya 3,010 2,674 2,744 4,833 2,437 2,707 4,035 7,029
11   Malayziya 2,761 3,140 2,956 1,967 1,546 2,067 2,054 1,312
12   Vyetnam 2,072 1,961 1,423
13   Fransiya 1,953 1,773 1,545 1,501 1,563 1,636 1,572 1,863
14   Kanada 1,870 1,807 1,524 1,110
15   Ispaniya 1,659 1,397 1,142
16   Tayvan 1,496 1,491 1,812
17    Shveysariya 1,379 1,352
18   Italiya 1,229 978
19   Indoneziya 1,033
20   Niderlandiya 757
Boshqalar 20,007
Jami 315,599 274,097 237,529 209,570 155,121 133,480 116,209 105,407

Manbalar

tahrir
  1. „Bhutan revises its tourism policy to redefine High Value Low Volume tourism“. Daily Bhutan. Daily Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  2. „Bhutan set to raise SDF to 200 USD“. Daily Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  3. „Visa to Bhutan“. Druk Asia. Druk Asia / Tourism Council of Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  4. „Do I need a visa to enter Bhutan?“. Tourism Council of Bhutan. Tourism Council of Bhutan.
  5. „Passport & Visa to enter Bhutan“. Drukair Singapore. Drukair. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  6. „Frequently Asked Questions“. Tashel. Dept of Immigration Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.
  7. Kent Schroeder, Politics of Gross National Happiness: Governance and Development in Bhutan, Cham (Switzerland): Palgrave Macmillan, 2018, 60-63.
  8. „Bhutan Tourism Monitor“. Tourism Council of Bhutan. Tourism Council of Bhutan. Qaraldi: 23-sentabr 2022-yil.