Butli baqalar
Butli baqalar (Pelodytes) - dumsiz amfibiyalar turkumiga mansub sassiq baqalar oilasi urugʻi. 2 turi bor. Gʻarbiy Yevropa pasttekisliklarida ola butli baqa (P. punctatus), Kavkaz togʻlarida ikkinchi turi — Kavkaz butli baqasi (R. caucasica) uchraydi. Butli baqalarning terisi gʻadir-budur, usti toʻq qizil boʻlib, qora va yashil xollari bor. Qorni oq, urgʻochisining orqasida butsimon oq dogʻi boʻlganidan butli baqalar deb ataladi. Panjalari orasidagi suzgich pardalari kuchsiz rivojlangan. Nogʻora pardasi tashqaridan koʻrinib turadi.
Butli baqalar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |