Butunjahon she’riyat kuni har yili 21-martda nishonlanadi. U (Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti) YUNESKO Bosh anjumanining 30-sessiya qarorida YUNESKO tomonidan 1999-yil 15-noyabrda ta’sis etilgan va qabul qilingan[1]. YUNESKO qarorida qayd etilishicha, bayramni ta’sis etishdan maqsad "she’riy ifoda orqali til turfa xilligini qo‘llab-quvvatlash va yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan  tillarni tinglash imkoniyatini berish".  

Tarixi

tahrir

She’riyat kunini rasman tashkil etish bo‘yicha dastlabki tashabbus 1930-yillarning oxirlariga borib taqaladi: 1938-yilda Amerikaning Ogayo shtatida shoira Tessa Suizi Uebb[2] taklifi bilan 15 oktyabr She’riyat kuni – qadimgi Rim shoiri Vergiliyani tavallud kuni munosabati bilan e’lon qilinadi[3]. 1951-yilga kelib, bu sana Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘ttiz sakkiz shtati, shuningdek, Meksika[4] tomonidan tan olinadi va Milliy she’riyat kuni sifatida nishonlanadi. Keyinchalik mazkur an’ana boshqa mamlakatlarda Butunjahon she’riyat kuni sifatida nishonlana boshladi[5] .

1998-yilda Marokash taklifi bilan YUNESKO Bosh Assambleyasining ijroiya qo‘mitasi Butunjahon she’riyat kunini nishonlash masalasini ko‘rib chiqadi va shunga o‘xshash tadbirlarni turli mamlakatlarda o‘tkazishni tavsiya qildi. Shunday qilib, ilk she’riyat kunlari YUNESKO rasman e’lon qilinishi va she’riyat kuni ta’sis etilishidan avval bo‘lib o‘tadi[6] .

Manbalar

tahrir
  1. „Всемирный день поэзии“. ООН. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-noyabr.
  2. Tessa Sweazy Webb, Founder of Ohio Poetry Day (Wayback Machine saytida 2017-02-28 sanasida arxivlangan) // Historical Marker Database(ingl.)
  3. Shereen Gertel Rutman. Let’s celebrate!: A year’s worth of holiday projects. — Troll Associates, 1992. — P. 15.(ingl.)
  4. International Who’s Who in Poetry. — International Biographical Centre, 1977. — P. 522 ff.(ingl.)
  5. A World Poetry Day function in Sydney, 1963[sayt ishlamaydi] // National Archives of Australia(ingl.)
  6. „Документы 157-й сессии исполкома ЮНЕСКО“. 2017-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.

Havolalar

tahrir