Bobo
(Buvadan yoʻnaltirildi)
Bobo, buva — 1) otaning va onaning otasi; 2) turkiy xalqlar oʻzidan oldingi yetti pusht (nayel) shajarasini bilishi shart boʻlgan. Shu yetti pushtning birinchisi katta B. deyilgan; 3) hozir qarindosh boʻlmagan yoshi ulugʻ keksa kishilarga murojaat qilganda ham hurmat yuzasidan bobo soʻzi ishlatiladi; 4) aziz-avliyolar nomiga qoʻshib ishlatiladi: masalan, shayx Zayniddin bobo va boshqa; 5) Buxoroning katta dahalaridagi bosh mirshab unvoni.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |