Buxoro davlati Toji ordeni
Buxoro davlati Toji ordeni 1886-yilda Buxoroda amir Abdulahadxon tomonidan taʼsis etilgan[1][2].
Buxoro davlati Toji ordeni | |
---|---|
Mamlakat | Buxoro amirligi |
Turi | Orden |
Kimga topshiriladi | Buxoro amirligining amaldorlari va rus mansabdorlariga |
Kim tomonidan topshiriladi | Buxoro amiri |
Holati | Taqdirlanmaydi |
Statistika | |
Taʼsis sanasi | 1886-yil |
Birinchi taqdirlash | 1886-yil |
Oxirgi taqdirlash | 1920-yil |
Navbat | |
Kenja mukofot | Buxoroi Sharif ordeni |
Orden tavsifi
tahrirOrdenda arab imlosidagi „Poytaxt Buxoroi Sharif mukofoti“ va amir hukmronligi boshlangan sana yozuvi tushirilgan. Orden toʻliq aksessuarlarga: nishon, yulduz va qizil lentaga ega boʻlganligi sababli qiymati jihatidan oʻzidan oldingi „Buxoroi Sharif“ ordenidan oshib ketdi. Orden romb shaklida boʻlib, katta va kichik olmoslar bilan bezatilgan, medaloni emallangandi. Orden markazi „Buxoro davlati Toji“ yozuvi tushirilgan dumaloq sirlangan koʻk medalon hamda olmoslar bilan bezatilgan toʻrtta halqadan iborat boʻlgan[3].
Orden bilan taqdirlanganlar
tahrirAmir Abdulahadxon davrida orden bilan mahalliy va rus amaldorlar taqdirlangan[1]. Oxirgi marta orden bilan taqdirlash Buxoro amirligi qulashi paytida, 1920-yilda yuz bergan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „100 великих наград“ (Rus tilida). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
- ↑ „Знаки отличия Бухарского эмирата“ (rus tilida) (2010-yil 10-oktyabr). 2019-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
- ↑ Abdufarrux Mirzoirov. „НАГРАДЫ БЛАГОРОДНОЙ БУХАРЫ“. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.