Buxoro hovuzlari — Buxoro shahridagi yodgorlik majmualarida qurilgan boʻlib, ulardan suv ichish, poklanish va turli maqsadlarda foydalanishgan. Hovuzlar asosan shahar maydonlarida, masjid va madrasalar oldida, chorbogʻ va saroy bogʻlarida bunyod etilgan. XIX asrda Buxoro shahrida Labi hovuz, Boli hovuz, Sitorai Mohi Xossa va boshqa meʼmoriy majmualarda hovuzlar boʻlgan[1].

Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasidagi hovuz.

Tarixi

tahrir

XX asr boshlarida Buxoro shahrida hovuzlar 100 dan ortiq boʻlib, uning atrofida esa 250 dan ortiq hovuzlar boʻlgan. Hovuzlar asosan yoz oylarida ikki haftada bir marotaba toʻldirilib, xonadonlarni meshkoblar hovuz suvi bilan taʼminlashgan. Hovuzlar asosan atrofi marmardan yoki toshlardan qilingan. Hovuz boʻylari esa saylgoh boʻlgan. Hovuzlarda tarnov boʻlib, ulardan suv kelgan. Hovuzlar odatda toʻrtburchak shaklda va 6-8 qirrali koʻrinishga ega. Xalifa Xudoydod va Eshoni Imlo hovuzlari ustida sardoba bunyod etilgan. 1925-yilga kelib Buxoroda uylarda vodokachka (suv tortgich) oʻrnatilgan va vodoprovod oʻtkazilgan[1]. Buxoro hovuzlarining oʻlchami turlicha boʻlib, barcha hovuzlarning suv sigʻimi 82580 kub metrga yaʼni 6606376 chekakka yetgan. Shaharda hovuzlarni barpo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Buxoro hovuzlari Oʻrta Osiyo uslubida qurilgan boʻlib, ustalar huvuz tagidan uning qirgʻogʻiga chiqish uchun zinapoya shaklidagi tosh yoʻlaklarni yasashgan. Hovuz qurilishi asosan davlat, amaldorlar va mahalliy zodagonlar mablagʻlari hisobiga bunyod etilgan. Hovuzlarning nomlanishi uning quruvchisi yoki qurilgan joy nomi bilan atalgan. Mir-Doʻstim hovuzining tosh bilan qoplamasini mahallada yashovchi Qozi Badriddin tashabbusi bilan gʻazna hisobidan qurilgan[2]. Buxoro hovuzlarining baʼzilari hozirgi kunda qayta taʼmirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Ражабов 2016, s. 185.
  2. Хамраев 2020, s. 353.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ражабов Қ, Иноятов С. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460-bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Хамраев И. Бухоро ҳовузлари. „Бухоронинг жаҳон маданиятидаги ўрни” мавзусида Республика миқёсида онлайн илмий-амалий анжумани тўплами, Бухоро, 2020 — 464-bet.