Buxoro pul tizimi
Buxoro pul tizimi – 1924-yilgacha Buxoro hududida mavjud boʻlgan pul muomalasi. Buxoro hududida uzok, asrlar davomida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida bimetallizmning murakkab shakli vujudga keddi. Miloddan avvalgi 3-asr oxiridan 2-asrgacha Buxoro hududida yunonbaqtriya tangalari muomalada boʻlgan. Bu pullarning nomi ham yunoncha edi. Jumladan, tilla pullar – stater; kumush tangalar – tetradraxma, draxma, yarim draxma; mis tangar – xalq deb atalgan. Oʻsha davrdagi oltin va kumush qiymati nisbatiga binoan (1:10) bir oltin stater 20 kumush draxma yoxud 5 tetradraxmaga teng edi. Miloddan avvalgi 1-asrda, milodning dastlabki toʻrt asrida sugʻdlar davri Buxorosida Yevtidem I tetradraxmalariga oʻxshash tangalar, keyinchalik esa sosoniylar shohi Bahrom V (Varaxran V) (421—439) draxmalariga taqlid qilib tangalar chiqarildi. Bu tangalar buxorxudot dirhami deb nomlangan. 8-asr boshida mamlakatga arablar bilan birga ularning tangalari ham kirib keldi. Oltin tangalar – dinor, kumush tangalar – dirham, mis tangalar – fulus deb atalgan. Oltin tangalar tashki savdo uchun zarb qilingan, ular ogʻirligiga qarab pul sifatida emas, balki tovar sifatida muomalada boʻldi. Xalifalik savdosi kumush tangalar – dirhamlar pul muomalasining asosini tashkil etgan. Oltin tangalarning kumush tangalarga nisbati maʼlum vaqt turlicha boʻlgan. Agar 8-asrda 1 oltin tangaga 10 kumush tanga almashtirilgan boʻlsa, kumush inqirozi paytida bu nisbat 1:7, inqirozdan soʻng 1:11 boʻlgan. 15—16-asrlarda katta mis tangalar „dinor“ deb, kumush pullar „tanga“ deb atala boshlandi. Hukumat kumush va mis tangalar orasidagi nisbatni oʻrnatdi, bu nisbat bozor oʻzgarishlari katta boʻlmagan yoxud vaqtvaqti bilan boʻlgan paytda uzgarishsiz qoldi. Uzoq vaqt mobaynida asosiy birlik oʻzgarmadi: 1 kumush tanga 1 misqol, yaʼni 4,8 g, 1 kumush dirham 20 mis dinor, 1 mis dinor 6 fulusga teng edi. Buxoro amirligida 1785—86 yillarda oʻtkazilgan pul islohoti eski anʼanalarni saqlab qoldi: nominal oldingi 3 nomda zarb etila boshlandi. Oltin tangalar – „ashrafiy“ yoki „tilla“, kumush tangalar – „tanga“, mis di. Yangi pullar 1, 5, 10, 25, 100, 1000, 2500, 5000, 20000 soʻm qiymatida chiqariddi. 1922-yil oxirida bu pullar ham qadrsizlandi va hukumat 100:1 nisbatda yana pul almashtirishni lozim topdi. 1923-yil mart oyida Toshkentda Oʻrta Osiyo Sovet Respublikalarining birinchi iqtisodiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Aynan shu konferensiyada mahalliy pullarni chiqarishni toʻxtatish va RSFSR davlat pul belgilariga oʻtishga qaror qilindi. 1923-yil may oyidan Buxoro pullari RSFSR emas, endi SSSR pullariga 1:3,5 nisbatda almashtirildi. Aleksey Nurullayev.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |