Buxoro raqsi
Buxoro raqsi — oʻzbek xalq raqs uslubi. Buxoro muzofotida shakllangan va rivojlanib kelgan. Harakatlarining mardonavor va shiddatliligi, qayrilish, yarim qayrilish, shox va charxlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tizzalar sal bukilib, qomat gʻoz tutilgan, kiftlar orqaga tashlanib bosh koʻtarilgan holatda ijro etiladi. Qoʻl ba’zan tez, ba’zan mayin, egiluvchan harakatlanadi. Raqs turi va oʻyin joyiga qarab harakatlar silsilasi oʻzgaradi. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniklik beradi. Buxoro raqqosalari, odatda, yoqa, yeng, etaklari zehiga kashta (ba’zan zardan) tikilgan keng koʻylak, oyoqlariga poshnasi baland guldor etik kiyib, boshlariga peshonaband yoki tilla qasava bogʻlab, bilaklariga zangila, koʻkraklariga zebigardon va boshqa zebiziynat taqishgan. Raqqoslar kundal, adras, kimxob kabi matolardan keng qilib tikilgan kamzul yoki zardoʻzi yaktak, yakrang shoyidan salla oʻrab, oyoqlariga poshnali baxmal etik
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |