Buxoro tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Buxoro tumani shimolida viloyatning Vobkent va Romitan tumanlari, gʻarbda Jondor tumani, sharqda Kogon tumani, janubi-sharqda Qorovulbozor tumani va Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,32 ming km². Aholisi YU9 ming kishi (2001). Buxoro tumanida 1 shahar (Galaosiyo), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻikalon, Istiqlol, Koʻchkamar, Losha, Rabotqalmoq, Sohibkor, Soʻfikorgar, Shirgaron, Yurinbolo, Yangihayot, Qavolamahmud, Qunjiqalʼa) bor. Markazi — Galaosiyo shahri.

Buxoro tumani
Бухарский район
tuman
Tarkibida Buxoro viloyati
Maʼmuriy markazi Galaosiyo
Asos solingan sanasi 1930
Hokimi Halimjon Safarov
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Buxoro tumani xaritada
39°51′0″N 64°26′0″E / 39.85000°N 64.43333°E / 39.85000; 64.43333

Tabiati

tahrir

Buxoro tumani yer yuzasi pasttekislikdan arbayjon, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 82,5 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi

tahrir

Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik, sabzavotchilik va hunarmandchilik. Tumanda „Toshkent Kotton“ choyshab va ichki kiyimlar ishlab chiqarish qoʻshma korxonasi, 269 fermer xoʻjaligi, uzumni qayta ishlash, „Shifo“ mahalliy mineral suv korxonalari bor. Jarqoq konidan gaz olinadi va neft qazib chiqariladi. Umumiy ekin maydoni 26976 ga, shu jumladan 12700 ga yerga paxta, 6743 ga yerga donli ekinlar ekiladi. Boglar 1080 ga, tokzorlar 1327 ga, tutzorlar 542 ga, oʻrmonzorlar 110 ga, sabzavot va poliz ekinlari 1045 ga ni tashkil qiladi. Tumanda 44,4 ming koramol, 47,1 ming qorakoʻl qoʻyi bor (2001). Qoʻylar Oʻrtachoʻl yaylovida boqiladi. Tuman hududidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 1411 km. Buxoro tumani uzunligi 29 km. 2000/2001 oʻquv yilida 52 umumiy taʼlim maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyida 2279 murabbiy ishladi. 43 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 4 klub, madaniyat uyi, 300 oʻrinli kasalxona, meʼdaichak va jigar xastaliklarini davolash sanatoriysi, qishloq ambulatoriyasi boʻlib, ularda 172 vrach, 1013 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. „Galaosiyo ovozi“ tuman gaz. chiqadi tumanda tashkilotlar qatorida tuman DSENM sezilarli faoliyat yuritib kelmoqda oʻta xavfli kasalliklarni yoʻqotishda bu markaz hissasi beqiyos yangi 2015-yilda tuman DSENM yangi binosi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bu tumandagi quvonchli voqealardan boʻladi (adadi 4500).[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Buxoro tumani" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil