Buxoro vohasi
Buxoro vohasi — Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va yirik dehqonchilik maskanlaridan biri. Zarafshon daryosining quyi qismida joylashgan. Shimoli-sharqda Hazora yoʻlagi orqali Karmana va Konimex vohalariga, janubi-gʻarbda esa Jondor yoʻlagi orqali Qorakoʻl vohasiga tutash. Uzunligi 80 kilometr, eng keng joyi 60 kilometrga teng. Buxoro vohasining dastlabki relefi inson faoliyati natijasida jiddiy oʻzgargan. Daryo terrasalari ekinzorga aylantirilgan. Zarafshonning qadimgi tarmoqlari oʻrnidagi pastqamliklar hamda balandligi 5—15 metrli tepalar voha relefini birmuncha murakkablashtirgan.Iqlimi subtropik belgilarga ega boʻlgan keskin kontinental choʻl iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0°—0,4°, iyulniki 28°—29,3°. Eng past temperatura —24°—25°, eng yuqori tempatura 45°—46°[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |