Buyruq gap
Buyruq gap — gap turi. Kommunikativ vazifasiga kura buyurish, iltimos, maslahat maʼnolari ifodasini anglatadi (mas, "hammasini aytib ber", "menga uzatib yuboring", "siz oʻgʻlim, otangizning aytganini qiling"). B. g.lar harakatni bajarishbajarmaslik haqida buyurish, undash, istak kabi maʼnolar ifodalovchi mayl (buyruqistak mayli)ga ham ega ("ayt", "aytsin", "aytgin", "ayting"). B. g. kesimi vazifasida koʻp holatda buyruq feʼli keladi yoki maxsus buyruq intonatsiyasiga ega boʻladi (mas, "Sen suv sep, sen supur", "Koʻcha harakati qoidalariga rioya qiling!"). B.g.lar murojaat etilishiga koʻra obʼyektga yoki subʼyekt (soʻzlovchi)ning oʻziga qaratilgan boʻlishi mumkin (mas, "har bir oʻtgan, ketganni kuzatib tur", 2shaxs, birlik. "Zokir oʻzigaoʻzi shunday dedi: buni hech kimdan yordam olmay oʻzing uddala!"). Baʼzan, B.g.lar umuman muloqotda ishtirok etmagan shaxsga ham qaratilgan boʻladi ("Bolalar futbol, qizlar tennis oʻynasin!").
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |