Buyuk elchilik
Buyuk elchilik — Turkiyaga qarshi harbiy ittifoq tuzysh, xorijiy mutaxassislarni ruslar xizmatiga taklif qilish va qurolyarogʻ sotib olish maqsadida Rossiyaning Gʻarbiy Yevropaga qilgan elchiligi (1697—98). Rahbari — Pyotr I (Pyotr Mixaylov nomi ostida) boʻlgan. "Buyuk elchilar": F. Ya. Lefort, F. A. Golovin, P. B. Voznitsin. Mulozimlari 250 kishidan iborat boʻlgan. Boltiqboʻyiga ega boʻlish uchun kurashga zamin hozirlagan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |