Buzruk, Buzurg (fors. — katta, ulugʻ) — oʻtmishda Oʻn ikki maqom, hozirda Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari tarkibidagi maqom. Jomiy, Kavkabiy, Darvishali "/angmnlarning "Risolai musiqiy" asarlarida B.ning Un ikki maqomdagi tovushqatori, pogʻonalari qayd etilgan, asosiy parda tuzilishi, interval (boʻʼd)lari va boshqalarga oid maʼlumot berilgan. B. juda koʻp oʻquv (ashula) va cholgʻu yoʻllarini oʻz ichiga oladi. Jumladan, Shashmaqomdagi B. maqomining 7 cholgʻu yoʻli, 35 oʻquv yoʻli, 6 taronali Saraxbori B., bir taronali Talqini Uz zol, 3 taronali Nasrulloyi, Nasri Uz zol va Ufari Uzzoldan iborat 1guruh shoʻʼbalari, Moʻgʻulchai B., Savti Sarvinoz, Buxoro Irogʻi va Rok (har biri Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb bir xil nomlanuvchi shoxobchalari bilan) kabi 2guruh shoʻʼbalari mavjud. Shuningdek, B.ning turli cholgʻu (surnay) va ashula yoʻllari bor. Xususan, Rok shoʻʼbasi (surnay, karnay va nogʻoralar joʻrnavozligida) cholgʻu asari sifatida "Shodiyona" nomi bilan maʼlum; Surnay B.i, Savti B., Ufari Savti B. kabi Fargʻona — Toshkent makom yoʻllari ham mashhur.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil