Georges-Louis Leclerc
BYUFFON (Buffon) Jorj Lui Leklerk (1707
(Byuffon Jorj Lui Leklerkdan yoʻnaltirildi)
Georges-Louis Leclerc (talaffuzi: Jorj-Lui Leklerk) yoki shunchaki Buffon (talaffuzi: Byuffon) (1707-yil 7-sentabr, Montbard — 1788-yil 16-mart, Parij) — fransuz tabiatshunosi. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1753-yildan). 1739-yildan Parij Botanika bogʻining direktori. 36 jildli (1747—88) asosiy ilmiy asari „Tabiat tarixi“da oʻsimlik va hayvonot dunyosining birligi haqida fikr yuritadi. Buffon organizmlarni faqat sistemaga solibgina qolmasdan, yashab turgan muhit bilan birgalikda oʻrganish kerak, degan xulosa chiqardi. Geologiya sohasida yerning rivojlanish tarixi haqidagi nazariyani yaratdi („Yer nazariyasi“ asari nashr etilgan, 1749).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |