Histoire de la grandeur et de la décadence de César Birotteau yoki César Birotteaux – Honoré de Balzac tomonidan 1837-yilda yozilgan roman boʻlib, La Comédie humaine seriyasidagi Parij hayoti haqida soʻzlovchi qismlardan biridir[1]. Kitobning asosiy qahramoni Parijdagi atir sotuvchisi boʻlib, uning haqiqiy hayotdagi prototipi esa afsonaviy atir sotuvchisi Jean Vinsent Bulli hisoblanadi[2].

Cesar Birotteau

Cesar Birotteau asariga poster
Muallif(lar) Honoré de Balzac
Muqova artist(lar)i Bertall
Mamlakat Fransiya
Til fransuzcha
Qismlar La Comédie humaine
Janr(lar)i badiiy
Nashriyot Charles-Béchet

Yozilishi va chop etilishi

tahrir

Balzak asarini xomaki shaklda 6 yil davomida saqlaydi. 1837-yilda Le Figaro 20,000 frank bergandan soʻng esa, shu yilning 15-dekabrida asarni chop etishni boshlaydi. Keyinchalik yozuvchi asarning kechikkanini tushuntirib, shunday yozgan: „Olti yil davomida men César Birotteauning har kimni qiziqtira oladigan qandaydir ahmoqona va oʻrtamiyona sotuvchi kabi koʻringan shaxsiyati haqidagi kitobning xomaki variantini saqlab kelganman…“[3].

Asarning mazmuni

tahrir

Cesar Touraine viloyatida tugʻilgan oddiy qishloq odami. Romanning boshlanish qismida, 1819-yilda, u La Reine des Roses nomli atir sotadigan doʻkonida muvaffaqiyatga erishgandan soʻng, Parijda joylashgan oʻzi istiqomat qiladigan tumanining vitse-merligiga saylangan va „Faxriy legion“ unvoniga sazovor boʻlgan. Inqilob vaqtida u Respublikachilarga qarshi 13-Vendemiyerning royalistlarning koʻtarilishida ishtirok etgan, aynan shu vaqtda esa Napoleon Bonapart bilan uchrashadi va keyinchalik oʻz suhbatlarida bu haqida tez-tez eslab turadi. U Konstansiya ismli ayol bilan turmush qurgan va Cesarine ismli qizi ham boʻladi. U Roguinning pul muammolari borligiga eʼtibor bermaydi. Ayni damda doʻkonda bank xodimi boʻlib ishlayotgan sobiq doʻkondagi sotuvchi Ferdinand du Tillet Roguindan foydalanib Cesardan qasos olmoqchi boʻladi. Roguin qochib ketishi va Cesarning toʻlay olmaydigan qarzlar bilan qolib ketishi, Ferdinand du Tilletning moliyaviy ahvolini yomonlashtiradi. Oxir-oqibat, Cesar Popinot bilan biznes hamkorligi muvaffaqiyatli boʻlganidan soʻng, barcha qarzlarini toʻlaydi. Keyin u toʻsatdan vafot etadi, ammo u allaqachon oʻz nomini oqlab olgan boʻladi.

Bibliografiyasi

tahrir
  • Balzac, Honoré de. Histoire de la grandeur et de la décadence de César Birotteau. 1837.
  • Buss, Robin. „Introduction“. Cesar Birotteau. 1837. Penguin Classics, 1994.
  • Young, Paul J. „Je fus blessé par Napoléon: César Birotteau’s Ambiguous Claim to Fame“, Dix-Neuf, 2019, DOI: 10.1080/14787318.2019.1624013.

Manbalar

tahrir
  1. Honoré de Balzac. The Human Comedy: Introductions and Appendix. Project Gutenberg. Qaraldi: 2018-yil 16-aprel.
  2. Stuart Emmrich. „The Power of Perfume“. The New York Times (2015-yil 9-iyul). Qaraldi: 2021-yil 1-may.
  3. Buss, „Introduction“, pp. xi-xii

Havolalar

tahrir