Klub futboli Estrela Amadora SAD (portugalcha talaffuzi: [ɨʃˈtɾelɐ ðamɐˈðoɾɐ]), baʼzan shunchaki Estrela – Lissabon shimoli-gʻarbidagi Amadora shahrida joylashgan Portugaliya professional futbol klubi. Jamoa 2022/2023-yilgi mavsumda Portugaliya 2-ligasida gʻalaba qozonganidan soʻng, hozirda Primeira Ligada ishtirok etmoqda.

Estrela da Amadora
Toʻliq nomi Club Football Estrela da Amadora SAD
Laqabi Tricolores (The Tricolours)
Estrela (Star)
Asos solingan 1932 (93 yil avval) (1932)
2011 (14 yil avval) (2011) (merger)
Estádio José Gomes
Sigʻimi 9,288
Bosh murabbiy Sérgio Vieira
Liga Primeira Liga
Oʻrni Liga Portugal 2, 3rd of 18 (promoted via play-offs)
Amaldagi mavsum

Bu 1932-yilda tashkil etilgan va moliyaviy muammolar va bankrotlik tufayli 2011-yilda yoʻq boʻlib ketgan Clube de Futebol Estrela da Amadora jamoasinig davomchisi sifatida tashkil etilgan[1]. Klub 2020-yilda, Clube Desportivo Estrela Club Sintra Football jamoasi bilan birlashganda va uchinchi darajali Campeonato de Portugalda ushbu jamoa oʻrnini egallaganida yangidan tashkil etilgan[2]. CF Estrela da Amadora Estádio Xose Gomes sationida oʻynaydi.

Hozirgi klub 2020-yilning yozida Clube Desportivo Estrela va Club Sintra Football oʻrtasidagi birlashuvdan soʻng tashkil etilgan. Clube de Futebol Estrela da Amadora oʻrniga klub rasmiy ravishda Club Football Estrela da Amadora deb nomlangan va Andre Geraldes prezident etib tayinlangan[3]. Klub oʻzidan oldingi klublarning (Clube de Futebol Estrela da Amadora, Clube Desportivo Estrela va Club Sintra Football) davomchisi emas, aslida yangi klub boʻlgan.

2011-yilda Clube de Futebol Estrela da Amadora oʻz faoliyatini toʻxtatganidan soʻng, bir guruh tarafdorlar klubning merosini, yoshlar jamoalarini va boshqa sport turlarini saqlab qolgan holda Clube Desportivo Estrela jamoasiga asos soldi[4].

2018-yilda CD Estrela Lissabon futbol assotsiatsiyasining mintaqaviy chempionatlarida oʻynagan katta yoshli futbol jamoasini yaratdi[5]. 2020-yilda klub aʼzolari 92% 2020-yil iyul oyida Club Sintra Football bilan qoʻshilishni yoqlab, bu jamoaning uchinchi darajali Campeonato de Portugaldagi oʻrnini egallashdi. Sociedade Anónima Desportiva tashkil etildi, u Club Football Estrela da Amadora nomini oldi va Andre Geraldes prezident boʻldi. Original Clube de Futebol Estrelada Amadora emblemasi olingan. Klubning birinchi mavsumi pley-off finalida CD Trofense jamoasiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlganiga qaramay, keyingi bosqichga koʻtarilish bilan yakunlandi[6].

Estrela 2022/2023-yilgi mavsumda pley-off bosqichida CS Maritimoni penaltilar seriyasida magʻlub etib, Primera Ligasiga yoʻl oldi. Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Patris Evra yangi aksiyadorga aylandi[7][8].

Futbolchilar

tahrir

Joriy tarkib

tahrir
26 September 2023 

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   Portugaliya António Filipe
2 DF   KEN Johnstone Omurwa
4 DF   ANG Kialonda Gaspar
5 DF   Portugaliya Pedro Mendes
6 MF   BRA Aloísio
7 FW   [[|BFA]] Régis N'do
8 FW   BRA Léo Jabá (on loan from São Bernardo)
9 FW   Portugaliya Ronaldo Tavares
10 FW   BRA André Luiz (on loan from Flamengo)
11 FW   BRA Gustavo Henrique (on loan from Grêmio Anápolis)
12 DF   BRA Jean Felipe
13 DF   Portugaliya Miguel Lopes (Captain)
14 DF   BRA Erivaldo Almeida
17 MF   Portugaliya João Reis
R. Poz. Millati Futbolchi
18 MF   Portugaliya Vitó Ferreira
21 MF   Portugaliya Pedro Sá
22 MF   BRA Léo Cordeiro
23 MF   ANG Manuel Keliano
25 DF   RSA Shinga
27 DF   BRA Hevertton Santos
29 FW   Portugaliya Kikas
30 GK   BRA Bruno Brígido
53 FW   GNB Isnaba Graça
61 FW   SEN Alioune Ndour
70 DF   BRA Mansur
77 FW   GAM Buba Jammeh
90 FW   BRA Ronald (on loan from Grêmio Anápolis)
98 GK   BRA Dida

Ijaraga berilgan

tahrir

  Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
55 DF   BRA Luan Farias (at Tondela until 30 June 2024)
71 DF   BRA Lucas Rafael (at Red Bull Bragantino until 31 December 2023)
FW   ANG Capita (at Hapoel Jerusalem until 30 June 2024)

Liga va kubok tarixi

tahrir
Mavsum Liga Pos. Pl. V D L GS GA P Portugaliya kubogi Portugaliya liga kubogi Eslatmalar
2020–21 CP 2 58 38 14 6 86 34 53 (muntazam bosqich) 16-tur Yoʻq Koʻtarilgan
2021–22 2D 14 34 9 10 15 42 55 37 4-tur 2-tur Yoʻq
2022–23 3 34 16 15 3 55 33 63 2-tur Guruh bosqichi, C guruhida 3-oʻrin Pley-off orqali koʻtarildi
2023–24 1D

Liboslar toʻplami

tahrir

Estrelaning libosi oq rangda, koʻylak uchta rangga boʻlingan (shuning uchun „uch ranglilar“ laqabi). Chap tomoni qizil, oʻrtasi oq va oʻng tomoni yashil, shorti va paypoq oq rangdan iborat edi.

Manbalar

tahrir
  1. „Estrela da Amadora fecha portas“ (pt). RTP (2011-yil 1-mart). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  2. Almeida, Isaura. „O Estrela da Amadora está de volta“ (pt). Diário de Notícias (2020-yil 11-iyul). Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  3. „Estrela da Amadora ganha uma nova vida: fusão com Sintra Football aprovada, subida ao terceiro escalão e recompra do José Gomes“ (pt). Observador (2020-yil 11-iyul). 2020-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  4. „Nasceu o Clube Desportivo Estrela, em memória do E. Amadora“ (pt). MaisFutebol (2012-yil 31-mart). 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  5. Pereira, David. „O futebol está de volta à Amadora. A segunda vida do Estrela“ (pt). Diário de Notícias (2018-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  6. „Trofense derrota Estrela da Amadora e conquista Campeonato de Portugal“ (Portuguese). Record (2021-yil 6-iyun). Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
  7. „Evra e a subida do Estrela: «É o caos. Não estávamos preparados para isto»“ (Portuguese). Record (2023-yil 24-iyun). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
  8. „Evra: «Comprámos o Estrela por 5 milhões e já vale 40...»“ (Portuguese). Record (2023-yil 24-iyun). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.