CC BY-SA

asardan bepul foydalanishga ruxsat berish uchun ommaviy mualliflik huquqi litsenziyasi

Creative Commons litsenziyalari – asarlardan foydalanish shartlarini tavsiflovchi standartlashtirilgan matnlar guruhi. Ularda eng qulay tilda muhim shartlarni aks ettiruvchi qisqacha tavsif va mualliflik huquqi qonunlariga mos keladigan litsenziya koʻrinishidagi batafsil, huquqshunos tomonidan tasdiqlangan matn mavjud.

Litsenziyaning birinchi versiyasi Amerikaning Creative Commons notijorat tashkiloti tomonidan 2002-yil 16-dekabrda chiqarilgan[izoh 1]. Creative Commons litsenziyalari hozir juda keng tarqalgan. Litsenziyalar Vikipediya tomonidan qoʻllaniladi.

Turli xil erkin litsenziyalardan (masalan, GNU GPL) farqli oʻlaroq, Creative Commons litsenziyalari fotosuratlar, chizmalar, qisqa matnlar va boshqalar uchun ancha qulay. Ular litsenziya shartlari koʻrsatilgan matnni asar bilan birga tarqatishni talab qilmaydi, bazaviy elementlardan iborat harfli kod yetarli boʻladi.

Izohlar

tahrir
  1.  Creative – ijodiy; commons – huquqiy jihatdan egalik qiluvchi jamoalar

Manbalar

tahrir